Prezident qarori bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.Xususan, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinganda QQS summasi qaytarib beriladigan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatiga quyidagilar kiritildi:
- un;
- shakar;
- dori vositalari va tibbiy xizmatlar.
Bunda qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarish oyiga BHMning 10 baravarigacha bo‘lgan xaridlar summasi doirasida amalga oshirilishi belgilandi.
Ma’lumot uchun, 2023 yil 1 maydan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar chakana savdo obektlaridan ayrim tovarlarni sotib olganda xarid summasidan 1 foiz miqdordagi keshbek o‘rniga 12 foiz QQS qaytarilib kelinmoqda.
Shu paytgacha QQS qaytarib beriladigan mahsulotlar ro‘yxatida quyidagi mahsulotlar bo‘lgan:
- qo‘y go‘shti;
- parranda go‘shti;
- mol go‘shti;
- tuxum;
- o‘simlik yog‘i.
Keshbek qaytarish tartibi qanday?
QQSni qaytarib olish uchun “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”dagi iste’molchi “Soliq” mobil ilovasini yuklab olib, Face-ID orqali ro‘yxatdan o‘tishi hamda ilovada xarid chekining QR-kodini skanerlashi lozim.
QQS qaytarilishi uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
- xaridor “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da bo‘lishi;
- sotib olingan mahsulot QQS qaytariladigan mahsulotlar ro‘yxatiga kirishi;
- tadbirkorning QQS to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgani.
Reyestrdagi iste’molchi:
- QQS qaytariladigan mahsulotlar bilan birga boshqa turdagi mahsulotlarni xarid qilib, chekni ro‘yxatdan o‘tkazganda, QQS qaytariladigan mahsulotlar uchun 12 foiz, boshqa turdagi mahsulotlar uchun 1 foiz keshbekka ega bo‘ladi;
- QQS to‘lovchisi bo‘lmagan tadbirkorlik sub’yektidan QQS qaytariladigan mahsulotlar sotib olganda, hozirgidek 1 foiz keshbek qaytariladi.
QQS summasi chek ro‘yxatdan o‘tkazilgan oydan keyin oyning 25-sanasidan so‘ng “Soliq” mobil ilovasi orqali to‘lab beriladi.