Toshkentda ilmiy maqolalar yozish bo‘yicha navbatdagi o‘quv seminari o‘tkazildi
2025 yil 28 fevral kuni Toshkent amaliy fanlar universiteti va “Ergo Analytics” kompaniyasi hamkorligida Qishki maktab tashkil qilindi. Ushbu tadbir ijtimoiy fanlar sohasida faoliyat yurituvchi olimlar va tadqiqotchilarni bir joyga jamladi.

Foto: Toshkent amaliy fanlar universiteti
Ilmiy maqolalar yozish bo‘yicha mavsumiy maktablar an’anasini davom ettirgan holda, Qishki maktabda ijtimoiy fanlar bo‘yicha ilmiy maqolalar yozish malakasini oshirishga qaratilgan maxsus seminar tashkil etildi. Ushbu tadbirda qariyb 40 nafar tadqiqotchi va olim ishtirok etdi. Seminarning asosiy maqsadi – ilmiy nashrlar yozish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirishdan iborat bo‘ldi.
Toshkent amaliy fanlar universiteti, “Ergo Analytics” va “Clavirate” kompaniyalari hamkorligida tashkil etilgan ushbu maktab ilmiy maqolalar yozayotgan mualliflarni qo‘llab-quvvatlash, ularga ilmiy nashr jarayonining asosiy jihatlarini tushuntirishga yo‘naltirildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga quyidagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha treninglar o‘tkazildi:
- ilmiy maqolalar tuzilishi va mazmuni;
- nufuzli ilmiy jurnallarni tanlash mezonlari;
- akademik yozuv mahoratini oshirish;
- ilmiy tadqiqotlarning ahamiyatini baholash uchun ishlatiladigan asosiy ko‘rsatkichlar.
Toshkent amaliy fanlar universitetining ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Elyor Sayitov seminarning ilmiy muhit rivojiga qo‘shayotgan hissasi haqida quyidagilarni ta’kidladi:
“O‘zbekistonning ilmiy salohiyatini oshirish universitetimiz uchun strategik ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Qishki maktab singari tadbirlar nafaqat kuchli tadqiqot madaniyatini shakllantirish, balki mamlakatning akademik rivojiga hissa qo‘shish, shuningdek, xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi”.
“Ergo Analytics” kompaniyasi rahbari Rauf Salohodjayev O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini rivojlantirish yo‘nalishidagi ustuvor vazifalar haqida quyidagilarni qayd etdi:
“Bugungi kunda O‘zbekiston 2030 yilgacha oliy ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi doirasidagi muhim maqsadlarga erishish yo‘lida jiddiy qadamlar tashlamoqda. Bu jarayonda professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va doktorantlarning xalqaro ilmiy jurnallarda nashr etilgan maqolalari sonini oshirish hamda ilmiy ishlarning iqtiboslik ko‘rsatkichlarini yuqori darajaga ko‘tarish muhim o‘rin tutadi. Bunday seminarlar oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash va Toshkent amaliy fanlar universitetining THE hamda QS xalqaro reytinglariga kirish imkoniyatlarini kengaytirishda muhim rol o‘ynaydi.”
Tashkilotchilar kelgusida ham bunday seminarlar va ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlovchi boshqa tadbirlarni muntazam tashkil etishni rejalashtirmoqda. Ushbu tashabbuslar O‘zbekistonda ilmiy izlanishlarni rivojlantirish va mahalliy olimlarning xalqaro ilmiy hamjamiyatga integratsiyasini jadallashtirishga xizmat qiladi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid

17:00 / 04.05.2024
Toshkentda xalqaro amaliy ta’lim konferensiyasi bo‘lib o‘tadi

16:00 / 25.04.2024
Ta’limdagi tenglik: Toshkent amaliy fanlar universiteti misolida

17:00 / 17.04.2024
Prezidentning jizzaxlik yoshlar bilan uchrashuvida TAFU talabasi o‘z ko‘rgazmasi bilan ishtirok etdi

16:59 / 06.04.2024