Bu tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi hamda bir qator mahalliy va xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Konferensiyada ilmiy izlanishlar va innovatsion yondashuvlar muhokama qilinib, ularning amaliy yechimlarga qo‘shgan hissasi tahlil etiladi. Tadbirda ishtirok etish uchun ma’ruzalar 2024 yilning 10 apreligacha qabul qilinadi.
Xalqaro konferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad xalqaro darajada o‘zaro ijtimoiy-iqtisodiy, fan-ta’lim, madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada mustahkamlash, davlatlar o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni takomillashtirish, xorijlik olimlar tomonidan raqamli texnologiyalar, ijtimoiy fanlar va iqtisodiyot, zamonaviy ta’limni tashkil etishda innovatsion yondashuvlar sohalarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarga O‘zbekistonlik yosh olimlar, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, iqtidorli talaba-yoshlarni faol jalb qilish, samarali ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hisoblanadi.
Ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun conf.eutas.uz saytiga tashrif buyuring. Ma’ruzalarni esa ppsutlsc2024@gmail.com elektron manziliga yuborish mumkin. Maqolalar Scopus va Web of Science tomonidan indekslanadigan AIP conference proceedings konferensiya to‘plamida nashr etiladi.