Xorijdagi o‘zbekistonliklar Yangi Toshkent qurilishiga ishga chaqirilmoqda
Ushbu loyiha doirasida 10 mingga yaqin ish o‘rni yaratiladi. Qurilish sohasida tajribaga ega bo‘lgan fuqarolarga 8-15 mln so‘m oylik taklif qilinmoqda.

Foto: Cross Works
O‘zbekistondagi va xorijdagi fuqarolar Yangi Toshkent shahri hududiga ishga taklif qilinmoqda. Bu boradagi e’lonni mamlakatning Rossiya va Turkiyadagi elchixonalari o‘zlarining Telegram-kanallariga joylashtirdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston hukumatining tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha doirasida xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklar uchun 10 mingga yaqin ish o‘rinlari yaratilmoqda. Qurilish sohasida tajribaga ega bo‘lgan fuqarolar quyidagi 38 yo‘nalish bo‘yicha ishga qabul qilinadi:
- betonchi;
- suvoqchi;
- santexnik;
- elektrik;
- g‘isht teruvchi hamda boshqa qurilish mutaxassislari.
Ta’kidlanishicha, ish haqi 8-15 million so‘m miqdorida belgilanib, barcha zarur sharoitlar yaratiladi. Ishchilar yotoqxona, kiyim-kechak, transport xizmati va 3 mahal ovqat bilan ta’minlanadi. Rasmiy ishga joylashganlar uchun 8 soatlik ish tartibi va qo‘shimcha dam olish kunlari amal qiladi.
«Qo‘shimcha ma’lumot olish va ishga joylashish uchun xorijdagi yurtdoshlarimiz 0 800 0000 1176 raqamiga va mamlakatimizdagi yurtdoshlarimiz 1176 raqamiga murojaat qilishlari mumkin», — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Yangi Toshkent loyihasi birinchi bosqichida 6 ming gektarda bunyodkorlik qilish rejalashtirilgan. Shaharcha yangi ma’muriy va iqtisodiy markaz bo‘ladi. Poytaxt sharqiy qismida, Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlari hududida barpo etiladi. 800 ming aholiga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Mavzuga oid

08:46
Toshkentda madaniy meros obekti yonida noqonuniy qurilish to‘xtatildi

13:28 / 07.03.2025
Bosh prokuratura ekologiya va qurilish sohasi mas’ullari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi

20:21 / 04.03.2025
“Daraxtlar atay quritilgan” – Toshkentda yashil zona yo‘q qilinib, o‘rnida qurilish boshlanmoqda

12:54 / 04.03.2025