Shaxmat bo‘yicha 10-jahon chempioni Boris Spasskiy vafot etdi
Boris Spasskiy 88 yoshda edi. 1969 yilda u Tigran Petrosyanni mag‘lub etib, o‘ninchi jahon chempioni bo‘ldi. Buyuk shaxmatchi 35 yil emigratsiyada yashadi.

Foto: AP
Sovet, fransuz va rus shaxmatchisi, 10-jahon chempioni Boris Spasskiy 88 yoshida vafot etdi. Uning vafoti haqida 27 fevral, payshanba kuni Rossiya shaxmat federatsiyasi prezidenti Andrey Filatov ma’lum qildi.
Boris Spasskiy 1937 yil 30 yanvarda Leningradda tug‘ilgan. Urushdan keyin darhol shaxmat o‘ynashni boshladi. 1953 yilda Spasskiy Buxarestdagi xalqaro turnirda debyut qildi, u yerda 1955 yilda o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan birinchi sovet shaxmatchisi bo‘ldi va o‘sha paytda tarixdagi eng yosh grossmeysterga aylandi.
1969 yilda Moskvada bo‘lib o‘tgan bahsda Boris Spasskiy Tigran Petrosyanni mag‘lub etdi va o‘ninchi jahon chempioni bo‘ldi. 1972 yilda Reykyavikda u shaxmat tojini amerikalik Robert Fisherga boy berdi.
1976 yilda shaxmatchi Fransiyaga ko‘chib ketib, Moskvadagi Fransiya elchixonasi xodimiga uylandi. 1984 va 1986 yillarda shaxmat olimpiadalarida Fransiya terma jamoasini boshqargan. 1990-yillarda Spasskiy yirik turnirlarda o‘ynashni deyarli to‘xtatdi. 2012 yilda u Rossiyaga qaytib kelgan.
Mavzuga oid

00:38 / 11.02.2025
Shaxmatchi Javohir Sindorov Hikaru Nakamura ustidan g‘alaba qozondi

11:59 / 11.01.2025
2024 yilda eng ko‘p pul ishlab topgan shaxmatchilar ma’lum qilindi

15:24 / 17.08.2022
Qachondan chempionlik haqida o‘ylay boshlagani va shogirdlarini bazmga yubormagani haqida. Shaxmat jamoasi murabbiyi bilan intervyu

07:33 / 17.08.2022