Shaxmatchi Javohir Sindorov Hikaru Nakamura ustidan g‘alaba qozondi

Sport 00:39 9837

Vayssenxausda shaxmat bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 750 ming dollar bo‘lgan nufuzli turnir bo‘lib o‘tmoqda.

Tay-bryyekning birinchi uchrashuvida Sindorov g‘alaba qozondi. Ikkinchi partiyani oq donalarda o‘tkazgan Javohir yana Nakamurani mag‘lub etdi.

Javohir Sindorov Freestyle Chess Gram Slam turnirining 1/2 finaliga yo‘l oldi.

Shuningdek, yana bir chorak final o‘yinida Magnus Karlsen Nodirbek Abdusattorovni mag‘lub etdi.

Sindorov endi 1/2 finalda boshqa bir amerikalik grossmeyster Fabiano Karuanaga qarshi bahs olib boradi. Nakamura esa 1/4 finalda Nodirbek Abdusattorov singari 5-o‘rin uchun kurashni davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, dekabr oxirlarida rossiyalik shaxmatchi Yan Nepomnyashchiy va sobiq jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen blits bo‘yicha jahon chempionati (JCh) g‘olibi bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: