O‘zbekiston | 09:52 / 28.02.2025
5553
2 daqiqa o‘qiladi

Guliston tumani hokimi o‘zgardi

Tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan O‘lmas Mamadaminov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan Olim Jo‘rayev tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi

Sirdaryo viloyati Guliston tumanida xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.

Tahliliy-tanqidiy ruhda o‘tgan sessiya ishida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov ishtirok etdi.

Erkinjon Turdimov o‘z nutqida tumanda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, yangi investitsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, eksport hamda qator sohalar bo‘yicha qoloqlikka yo‘l qo‘yilayotganligini ta’kidlab, tumanni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish borasida tuman birinchi rahbarining harakatlari yetarli emasligini bildirdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan O‘lmas Mamadaminov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Deputatlar tomonidan shu kunga qadar tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan Olim Jo‘rayev nomzodi tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.

Ma’lumot o‘rnida, O.Jo‘rayev 1982 yilda Sirdaryo viloyati Guliston tumanida tug‘ilgan. 2004 yilda Guliston davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi.

Mavzuga oid