Jamiyat | 14:54 / 23.02.2025
2883
2 daqiqa o‘qiladi

Uchta hududda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi fosh etildi

Aniqlangan holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Toshkent shahri va Andijon hamda Jizzax viloyatlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi fosh etilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Izboskan tumani bo‘limi, DXX, IIB va bojxona xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda "A.Navoiy" MFY hududida fuqaro I.Sh. va boshqalarning mashinasi ko‘zdan kechirilganda uning salonida 231 dona “Tropikamid” nomli inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotish maqsadida olib kelgani aniqlangan. Dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi departamentning Zarbdor tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda A-376 yo‘lida harakatlanib kelgan E.R. boshqaruvidagi mashina to‘xtatib ko‘zdan kechirilganda, Qo‘qon shahridagi "A.Z." MChJga qarashli dorixona sotuvchisi I.S. fuqaro M.X.ga sotish uchun yuborgan 20 quti kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shuningdek, departamentning Yunusobod va Yakkasaroy tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda “N.Ph.” va “L.L.” MChJlarga qarashli dorixona sotuvchilari kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini retsepsiz sotgan vaqtida ushlangan. Tadbir davomida ushbu dorixonalardan sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan jami 23 quti “Benzonal” va “Tizersin” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid