Yevropa Ittifoqi Kiyevga «yomon kelishuv»dan voz kechish imkonini bermoqchi
Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishining uch yilligi arafasida Yevropa Ittifoqi Kiyevga harbiy yordamni kengaytirish va Rossiya va Belarusga nisbatan sanksiyalar bosimini oshirishga tayyorlanmoqda.

Foto: Ye Pingfan/Photoshot/picture alliance
Yevropa Ittifoqining ustuvor vazifasi Ukrainaning kuch bilan tinchlikka erishishi uchun Rossiya agressiyasiga qarshi kurashda Kiyevni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishdan iborat. Bu haqda 21 fevral, juma kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan brifingda YeIning yuqori martabali amaldori ma’lum qildi. «Biz Ukrainani mustahkamlashimiz, shu orqali unga yomon kelishuvdan voz kechish imkoniyatini berishimiz kerak», dedi YeI vakili.
U hozirda tinchlik kelishuvi yo‘qligini ta’kidladi va Yevropa Ittifoqi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning pozitsiyasiga to‘liq qo‘shilishini hamda Kiyev va Bryussel ishtirokisiz tinchlik muzokaralarini qabul qilmasligiga ishontirdi. «Kuch orqali tinchlikka erishish uchun biz tezroq harakat qilishimiz, ko‘proq harakat qilishimiz va birdamlik ko‘rsatishimiz kerak», dedi rasmiy.
Ukrainaga harbiy yordamni oshirish
Shu maqsadda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas yangi tashabbus – Yevropa Ittifoqining Ukrainaga harbiy yordami kengaytirilishini e’lon qiladi. Tashabbus 24 fevralda, Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishining uch yilligi munosabati bilan Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining Bryusseldagi yig‘ilishida taqdim etiladi.
Yangi loyiha Ukrainaga qo‘shimcha harbiy yordam yetkazib berishni, jumladan artilleriya snaryadlari, havo mudofaa tizimlarini, shuningdek, butun brigadalarni jihozlash va o‘qitishni nazarda tutadi. Bryusselning da’vo qilishicha, Ukraina tomoni aynan shu so‘rovlarni o‘z sheriklariga kiritgan.
Mavzuga oid

20:37 / 10.03.2025
Yevropa Ittifoqi Tojikistonga chegara xavfsizligini yaxshilashga yordamlashadi

15:23 / 07.03.2025
Zelenskiyning afsusi, Putinning talablari va so‘roq ostidagi NATO - geosiyosiy hafta tahlili

11:40 / 06.03.2025
AQSh va Kiyev yaqinda Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qilishi mumkin

11:08 / 06.03.2025