Jahon | 11:08 / 06.03.2025
4139
2 daqiqa o‘qiladi

Irlandiya Kiyevga maxsus topshiriqli kuchlarni yuborishi mumkin

Irlandiya hukumati Irlandiya rasmiylarini himoya qilish uchun Kiyevga harbiylar yuborishga ruxsat beruvchi qonun loyihasini ma’qulladi.

Foto: Irish Defence Forces

Irlandiya hukumati xavfsizlik vazifalarini bajarish uchun maxsus kuchlarni xorijga jo‘natishga ruxsat beruvchi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda 5 mart, chorshanba kuni Irish Independent va The Irish Times nashri xabar berdi. Irlandiya Mudofaa vazirligi bayonotida aytilishicha, qonunchilikdagi o‘zgarishlar «ayniqsa Irlandiya fuqarolarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, elchixonalarimizni himoya qilish va chet eldagi himoya vazifalarini bajarish uchun muhim».

Kiyevdagi Irlandiya elchixonasi xususiy kompaniya tomonidan qo‘riqlanadi

The Irish Times ta’kidlaganidek, Irlandiya mudofaa kuchlari tarkibidagi elita bo‘linmasi bo‘lgan Army Ranger Wing (ARW)a’zolari 2022 yilda Irlandiya Kiyevda o‘z elchixonasini Rossiyaning mamlakatga keng ko‘lamli bostirib kirishidan keyin qayta ochganida, Irlandiya rasmiylarini himoya qilish uchun Ukrainaga jo‘natilishi kerak edi.

Biroq, Dublin hukumati Irlandiya qonunchiligida xavfsizlik maqsadida xorijda Irlandiya qo‘shinlarini joylashtirishga ruxsat beruvchi maxsus qoidalar yo‘qligini bildirgan yuridik xulosani oldi. Bu qonuniy to‘siq mamlakat Tashqi ishlar vazirligini Irlandiyaning Ukrainadagi elchisi Tereza Xilli va elchixonaning boshqa xodimlarini himoya qilish uchun xususiy xavfsizlik kompaniyasini yollashga majbur bo‘lishiga olib keldi.

Mavzuga oid