Peterburgdagi qurilish maydonida o‘zbekistonlik migrant halok bo‘ldi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Moskva tumanidagi qurilishda o‘zbekistonlik migrant balandlikdan yiqilib vafot etdi.
Rossiya OAV xabariga ko‘ra, Pulkovo shossesidagi turar joy majmuasi qurilish maydonchasida o‘zbekistonlik 24 yoshli ishchi demontaj qilayotganida 3,5 metrdan ortiq balandlikdan yiqilib, vafot etgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bunga ishchining xavfsizlik texnikasi qoidalarini buzgani sabab bo‘lgan.
Holat yuzasidan Tergov qo‘mitasi va Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan tekshiruvlar tashkil etilgan. Tergovchilar ishchining qurilishdagi o‘limi holatini aniqlamoqda.
Mavzuga oid

15:39 / 19.11.2024
Peterburgda O‘zbekiston fuqarolari qonuniy tarzda ish bilan ta’minlanadi

07:47 / 23.08.2024
Peterburgda murakkab vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga moddiy yordam ko‘rsatildi

13:50 / 11.03.2024
Peterburg yaqinida dron urib tushirildi va kuchli yong‘in chiqdi

14:45 / 24.01.2024