Suhbat chog‘ida O‘zbekiston fuqarolarini qonuniy ish bilan ta’minlashning dolzarb masalalari, xususan, Rossiya kompaniyalarining kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji, ishchilarni ro‘yxatga olish, uy-joy bilan ta’minlash, ish haqi darajasi va boshqalar muhokama qilindi.
Bundan tashqari, kompaniya rahbariyatiga O‘zbekistonda migratsiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun mamlakatimiz fuqarolarini tashkiliy ravishda jalb etish bo‘yicha ko‘rilayotgan vazifalar haqida ma’lumot berildi.
"AKME" rekruting kompaniyalar guruhi direktori Stepan Kalashnikovning aytishicha, bugungi kunda korxonada 300 nafar O‘zbekiston fuqarosi mehnat qilmoqda.
O‘zbekiston fuqarolarini qo‘shimcha tarzda ishga jalb etish uchun yana 100 ta bo‘sh o‘rin mavjudligi ma’lum qilindi. Shuningdek, ishga qabul qilish agentligi rahbari "Azon" kabi yirik loyihalarda malakali ishchilarga ehtiyoj borligini va o‘zaro hamkorlik muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, kelajakda bir necha ming kishi ish bilan ta’minlanishi mumkinligini bildirdi.