O‘zbekiston | 16:31 / 22.02.2025
1931
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston bilan Surinam diplomatik munosabat o‘rnatdi

Ikki mamlakat vakillari tegishli kommyunikeni imzoladi.

Foto: TIV

O‘zbekiston Surinam bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Nyu-York shahrida ikki mamlakatning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakillari tegishli kommyunikeni imzoladi.

Surinam — Janubiy Amerikada joylashgan va O‘zbekiston bilan diplomatik munosabat o‘rnatgan 158-davlat bo‘ldi.

Mavzuga oid