Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surinam neft daromadlarini fuqarolar bilan baham ko‘radi
Har bir surinamlik o‘z jamg‘arma hisobiga 750 dollar miqdorida bir martalik to‘lov oladi.

Foto: Getty Images
Janubiy Amerikadagi Surinam davlati prezidenti Chan Santoxi neft va gaz daromadlaridan mamlakatning barcha fuqarolariga to‘lovlarni nazarda tutuvchi «hamma uchun royalti» dasturini e’lon qildi. Har bir surinamlik o‘z jamg‘arma hisobiga 750 dollar miqdorida bir martalik to‘lov oladi.
Prezidentning ta’kidlashicha, bu orqali mamlakat aholisi «neft va gaz qazib olishdan foyda ko‘rish» imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Noyabr oyi boshida qo‘shni Gayana neft va gaz daromadlaridan to‘lovlarni e’lon qildi – u yerda har bir fuqaroga taxminan 480 dollar to‘lanadi.
2015 yilda Surinam va Gayana hududiy suvlarida yirik neft va gaz konlari topildi. Joriy yilning oktyabr oyida Fransiyaning Total kompaniyasi Surinam qirg‘oqlarida neft qazib olish loyihasini ishga tushirganini e’lon qildi, unga investitsiyalar 10,5 milliard dollarni tashkil etdi.
Surinamning yillik yalpi ichki mahsuloti 3,4 milliard dollarni tashkil etadi, ba’zi prognozlarga ko‘ra, mamlakat neft va gaz eksportidan 10 milliard dollarga yaqin daromad olishi mumkin.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38 / 12.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21 / 12.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41 / 12.07.2025
Mavzuga oid

09:05 / 07.07.2025
OPEK+ mamlakatlari neft qazib olish hajmini yana oshiradi

16:46 / 05.07.2025
Janubiy Koreya hukumati aholiga 110 dollardan tarqatadi

08:32 / 04.07.2025
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali neft tashish narxi keskin tushib ketdi

20:43 / 23.06.2025