O‘zbekiston | 09:39 / 22.02.2025
2831
1 daqiqa o‘qiladi

5,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi

Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanidagi metan zapravkada 5,7 mlrd so‘mlik gaz noqonuniy foydalanildi. 

Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, “P.M.G.” MChJ mansabdor shaxslari jamiyatga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompresslash shoxobchasining hisoblagichiga tashqi ta’sir ko‘rsatgan

Buning oqibatida 5,7 mlrd so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik juda ko‘p miqdorda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid