Markaziy bank kartalar haqida yuborilayotgan SMS xabarlar bo‘yicha izoh berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda tijorat banklari tomonidan fuqarolarga tegishli bank kartalari haqida SMS xabarlar yuborilayotgani haqida ma’lumot tarqaldi. Markaziy bank holat bo‘yicha izoh berdi.

Foto: Kun.uz
Ushbu SMS xabarlar tijorat banklari tomonidan Markaziy bankning tegishli ko‘rsatmasiga muvofiq fuqarolarni ularning nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari to‘g‘risida xabardor qilish maqsadida yuborilmoqda.
SMS xabarlarda keltirilgan bank kartalari raqamlari axborot xavfsizligi hamda kiberxavfsizlik talablaridan kelib chiqib, qisman berkitilgan tarzda aks ettirilgan.
“Fuqarolar SMS xabarlarda qayd etilgan bank kartalari ularning nomiga rasmiylashtirilganligi bilan bog‘liq biror tushunmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga murojaat qilib, holatga aniqlik kiritishlari hamda foydalanmayotgan bank kartalarini yopishlari tavsiya etiladi”, deyiladi xabarda.
An’anaviy usulda bank kartasi ochishdan tashqari fuqarolar nomiga bank kartalari (xususan, virtual bank kartalari) firibgarlar tomonidan ham ochilishi mumkin.
Bunda bank mobil ilovalaridagi fuqaro shaxsiy kabineti egallanishi oqibatida yoki fuqaroning o‘zi bank mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tish orqali rasmiylashtirilishi mumkin.
Mavzuga oid

07:15 / 24.07.2024
Talabalar, nogironligi borlar va urush qatnashchilarining shaxsiy guvohnomalari ijtimoiy kartaga almashtiriladi

08:10 / 17.06.2024
Toshkentda o‘zganing plastik kartasidan 110 mln so‘m o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

08:31 / 06.04.2024
SMS orqali soxta havola jo‘natib, tanishining pulini o‘zlashtirgan ayol ushlandi

16:54 / 27.03.2024