SMS orqali soxta havola jo‘natib, tanishining pulini o‘zlashtirgan ayol ushlandi
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida yashovchi 52 yoshli R.N. (ayol) IIOga ariza bilan murojaat qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan bank kartasidan 1 550 000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirganini ma’lum qilgan.

Foto: Syber102
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida 33 yoshli Yu.A. (ayol) sodir etgani aniqlandi.
Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan Yu.A. jabrlanuvchi R.N.ning yaqin tanishi ekani, shuningdek unga bildirmasdan SMS-xabarnoma (soxta havola) yuborish orqali shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, uning bank mobil ilovasiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olgan va 1 550 000 so‘m pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Yu.A.ing sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Qonunga muvofiq, JKning 169-moddasi 3-qismi "b" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Mavzuga oid

12:05 / 25.02.2025
Faxriy donorlar uchun pul mukofoti 3 baravarga oshiriladi

10:11 / 24.02.2025
Turkiyadagi o‘zbekistonliklar katta pul va’da qilayotgan jinoiy guruhlar haqida ogohlantirildi

09:31 / 20.02.2025
Markaziy bank kartalar haqida yuborilayotgan SMS xabarlar bo‘yicha izoh berdi

08:40 / 23.01.2025