Bu holatda Samsung Pay Rossiyani to‘liq tark etayotgani yo‘q: servisga loyallik kartalari orqali ulanish va undan foydalanish imkoniyati saqlanib qoladi. Shuningdek, Samsung Pay’dagilar servisdan «Mir» kartalarining o‘chirilishi ushbu kartalardan jismoniy (plastik karta) holatda foydalanishga ta’sir ko‘rsatmasligiga urg‘u bergan.
Google Pay va Apple Pay xalqaro to‘lov tizimlari singari Samsung Pay ham Rossiya banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan Visa va MasterCard kartalari bilan ishlashni 2022 yilning mart oyida bas qilgandi. Lekin u “Mir” to‘lov kartalari bilan ishlayotgan yagona xalqaro to‘lov servisi sifatida qolayotgan edi. “Mir” to‘lov tizimi operatorining 2024 yilning fevralida AQSh sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishi vaziyatni o‘zgartirgan.
Avvalroq Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasining boshqa bo‘linmalari ham Rossiya bilan ishlashni bas qilgan edi. Masalan, Samsung Heavy Industries «Zvezda» kemasozlik kompaniyasi bilan imzolangan shartnomaga ko‘ra Arktika muzliklarida suza oladigan suyultirilgan tabiiy gaz tashuvchi kemalar uchun asbob-uskunalar ishlab chiqarishni to‘xtatgan.
Samsung Electronics esa o‘z mahsulotlarini rasman Rossiyaga yetkazib berish va u yerda maishiy texnika ishlab chiqarishni to‘xtatgan. «Izvestiya» nashri hamsuhbatlaridan biri Janubiy Koreya brendi Ukrainadagi urush tugamaguncha Rossiyaga qaytmasligini ta’ikdlagan.
Samsung barcha xorijiy yirik kompaniyalar kabi Rossiya bilan hamkorlik tufayli AQSh tomonidan ikkilamchi sanksiyalarga duchor bo‘lishdan cho‘chimoqda.