O‘zbekiston | 18:59 / 16.02.2025
11277
2 daqiqa o‘qiladi

Qizlarning kam tug‘ilishi va abortlar masalasi - Kun.uz podkastida

Kun.uz'da yangi va yengil uslubga start berdik. Birinchi soni O‘zbekistonda oxirgi chorak asrda qizlarning yigitlarga nisbatan kam tug‘ilgani haqida. Jamiyatshunos Sobir Xo‘jayev hamda akusher-ginekolog Zarina Igamova bilan holatning sabablari, oqibat va yechimlari to‘g‘risida suhbat qilindi.

Kun.uz keng qamrovli auditoriyasi uchun hozirgi kunda eng ommabop bo‘lib qolgan podkast janrida ham suhbatlar uyushtirishni boshladi. Unda tahririyat muxbirlari Dilshoda Shomirzayeva hamda Elyor Hoshimov hammualliflikda turli mavzularda mutaxassislar bilan fikrlar almashishadi.

Dastlabki mavzu O‘zbekistonda oxirgi yillarda yigitlarga nisbatan qiz farzandlar kamroq dunyoga kelayotganiga bag‘ishlandi. Unda jamiyatshunos Sobir Xo‘jayeva va akusher-ginekolog Zarina Igamova nima sabab bunday holat kuzatilayotgani, bunga abortlar sabab bo‘lganmi yoki yo‘q, kam sonli qizlarning tug‘ilishi qanday muammolar keltirib chiqarishi hamda bunga yechim sifatida nimalar qilinishi kerakligi haqida gapirib berishgan.

Podkastning to‘liq shaklini yuqoridagi video orqali tomosha qilishingiz mumkin. Imkoni bo‘lsa, videolarimizni like va izohlaringiz bilan qo‘llab-quvvatlang. Yana qaysi mavzuda suhbatlashishimizni xohlaysiz, video ostida yozib qoldiring. Biz ularni, albatta, ko‘rib chiqamiz.

Mavzuga oid