Xitoyda yangi oila qurish holatlari 45 yildagi eng past ko‘rsatkichga yetdi

Jahon 20:27 / 10.02.2025 1644

Xitoyda o‘tgan yili oila qurish ko‘rsatkichi 6,1 milliongacha kamaydi — bu 1980 yildan beri qayd etilgan (7,2 million) eng past ko‘rsatkichdir. Bu haqda Fuqarolik ishlar vazirligi statistikasiga tayanib, SCMP xabar berdi.

Qayd etilishicha, mamlakatda turmush qurish holatlari 2023 yilga nisbatan 20,5 foizga kamaygan. Shu bilan birga, 2024 yil davomida ajrashishlar soni 1,1 foizga (2,82 million) ortgan.

Statistikaga ko‘ra, yuz yillik boshida Xitoyda oila qurishlar soni keskin oshgan: 2005 yilda — 8,2 million, 2007 yilda — 9,9 million, 2009 yilda — 12,2 million, 2011 yilda — 13 million va 2013 yilda — 13,4 million. Shundan keyin mazkur ko‘rsatkich kamayishni boshlagan va bu hozirga qadar davom etmoqda. Birgina 2023 yilda ijobiy dinamika qayd etilgan, ammo keyin pasayish yana davom etgan.

Mustaqil demograf Xe Yafuning prognozlariga ko‘ra, mamlakatda deyarli barcha chaqaloqlar o‘zaro oila qurgan juftliklar tomonidan dunyoga keltirilishi sabab tug‘ilish darajasi joriy yilda ham kamayishda davom etadi.

BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, hozirgi demografik inqiroz 2100 yilga borib Xitoyning hozir 1,4 milliard aholisining ikki barobarga — 639 milliongacha qisqarishiga olib keladi.

Ko‘proq yangiliklar: