Yanvarda aholi tomonidan sezilgan inflatsiya darajasi ma’lum qilindi
Markaziy bank yanvar oyi uchun aholi va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan sezilgan inflatsiya darajasi bo‘yicha ma’lumot berdi.

Foto: Kun.uz
O‘tkazilgan so‘rovlar natijasiga ko‘ra, yanvar oyida aholi tomonidan sezilgan inflatsiya darajasi o‘tgan oydagi darajasida saqlanib qolib, 14,7 foizni tashkil etdi. Kelgusida narxlarga oshiruvchi bosim ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy omillar sifatida kommunal xizmatlar qimmatlashishi, valuta kursi o‘zgarishi, transport xarajatlarining oshishi hamda narxlarning sun’iy oshirilishini ta’kidlagan aholi respondentlari ulushi kamaygan.
Shuningdek, aholi tomonidan yuqori sezilgan inflatsiya darajasi davlat tashkiloti va tibbiyot sohalari vakillari tomonidan bildirilgan bo‘lsa, nisbatan past sezilgan inflatsiya maishiy xizmat sohasi vakillari tomonidan qayd etildi.
Tadbirkorlar yuqori inflyatsion kutilmalari ta’lim sohasida faoliyat olib boradigan korxonalar tomonidan qayd etilgan bo‘lsa, kelgusida narxlar shakllanishi bo‘yicha nisbatan past kutilmalar axborot texnologiyalari sohasida kuzatilgan.
Aholi tomonidan inflyatsion kutilmalarning yuqori ko‘rsatkichi Sirdaryo viloyatida kuzatilgan, nisbatan past inflyatsion kutilmalar Navoiy viloyatida yashovchi aholi tomonidan qayd etilgan. Daromadsiz hamda daromadlari 5 million so‘mdan yuqori bo‘lgan aholining sezilgan inflatsiya darajasi nisbatan yuqori shakllandi.
Mavzuga oid

18:43 / 05.03.2025
Kredit olishni o‘ziga taqiqlash imkonini beruvchi qonun qabul qilindi

17:22 / 05.03.2025
O‘zbekiston yanvarda eng ko‘p oltin sotib olgan davlatga aylandi

11:55 / 04.03.2025
O‘zbekistonda inflatsiya tezlashdi. Bir oy ichida aviachiptalar 22 foizga qimmatlashgan

20:39 / 03.03.2025