Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kredit olishni o‘ziga taqiqlash imkonini beruvchi qonun qabul qilindi
Yangi qonunga ko‘ra, jismoniy shaxs o‘zining ishtirokisiz yoki xabarisiz kredit bitimi rasmiylashtirilishining oldini olish uchun o‘zi bilan kredit bitimini tuzishni kredit byurosiga ariza kiritish orqali taqiqlashi mumkin.
«Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Yangi qonunga ko‘ra, jismoniy shaxs o‘zining ishtirokisiz yoki xabarisiz kredit bitimi rasmiylashtirilishining oldini olish uchun o‘zi bilan kredit bitimini tuzishni kredit byurosiga ariza kiritish orqali taqiqlashi mumkin. Kredit bitimini tuzishni taqiqlash yoki bunday taqiqni olib tashlash ixtiyoriy amalga oshiriladi.
Shuningdek, kredit bitimi tuzish taqiqlangan shaxslar reyestri yuritiladi. Bu —kredit bitimi tuzishi taqiqlangan jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olgan va kredit byurolari tomonidan yuritiladigan yagona ma’lumotlar bazasidir. Markaziy bank bunday shaxslarning o‘zaro muvofiqlashtirilgan reyestrini kredit byurolari tomonidan yuritilish tartibini belgilaydi.
Shuningdek, kredit byurosi ustav fondining (ustav kapitali) eng kam miqdori 2 milliard so‘mni tashkil etishi shartligi belgilandi.
Kredit byurolariga nisbatan Markaziy bank quyidagi qoidabuzarliklar sodir etilganligi uchun choralar va sanksiyalarni qo‘llaydi:
- kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risidagi va kredit byurolari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik talablariga rioya etmaganlik;
- kredit byurolari xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini buzganlik;
- litsenziya qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganligi.
Markaziy bank mazkur qoidabuzarliklarni bartaraf etish uchun majburiy ko‘rsatmalar yuborish hamda BHM 5 ming baravarigacha (hozir 1,875 mlrd so‘m) miqdorda jarima qo‘llashga haqli.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi
Sport | 02:13
-
Yannik Sinner Alkarasni mag‘lub etdi va birinchi marta Uimbldon g‘olibiga aylandi
Sport | 00:44
-
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi
Jahon | 23:47 / 13.07.2025
-
Nigeriya sobiq prezidenti Muhammad Buxoriy vafot etdi
Jahon | 23:01 / 13.07.2025
Mavzuga oid

15:21 / 12.07.2025
O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 70 mlrd dollarga yaqinlashdi

22:05 / 11.07.2025
Qanday qilib pulni samarali tejash mumkin?

16:35 / 11.07.2025
Jizzaxda hakerlar fuqaroning bankka qo‘ygan katta miqdordagi omonatini o‘g‘irladi

16:54 / 10.07.2025