O‘zbekiston | 15:07 / 11.02.2025
1395
2 daqiqa o‘qiladi

NHH ijrosini monitoringdan o‘tkazish tartibi belgilandi

Adliya vazirligida «Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan o‘tkazish uslubiyoti» ro‘yxatdan o‘tkazildi. U normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan o‘tkazish jarayonlarini uslubiy jihatdan tartibga solinishini belgilaydi.

«Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan o‘tkazish uslubiyoti» Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Uslubiyot normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan o‘tkazish jarayonlarini uslubiy jihatdan tartibga solinishini belgilaydi.

Tadbirkorlik faoliyatiga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga hamda atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi qonun hujjatlarining ijrosi ular kuchga kirgandan so‘ng 5 yil davomida, qonunosti hujjatlarining ijrosi esa ular kuchga kirgandan so‘ng 3 yil davomida majburiy ravishda har yili monitoringdan o‘tkaziladi.

Monitoring normativ-huquqiy hujjatda uning monitoringi o‘tkazilishiga bevosita mas’ul etib belgilangan davlat organi tomonidan, mas’ul organ belgilanmagan hollarda tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshiruvchi vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.

Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish maqsadlariga erishilishini tahlil qilish, uning ijrosi va natijalarini muntazam hamda tizimli ravishda kuzatib borish monitoring qilishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Normativ-huquqiy hujjatlar samaradorligini baholash uchun indikatorlar quyidagi toifalarga bo‘linadi:

  • resurs ko‘rsatkichlari;
  • amaliyot ko‘rsatkichlari;
  • natijadorlik ko‘rsatkichlari.

Vazirlik va idoralar har yili 1 fevralgacha o‘tkazilgan monitoring natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni majburiy ravishda o‘zlarining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi hamda tegishliligiga qarab Ijro.gov.uz va Adliya vazirligiga taqdim etadi.

Mavzuga oid