Bo‘rijar yonida 30 ga yaqin ko‘p yillik daraxtlar kesib ketildi
Chilonzor tumani Bo‘rijar kanali bo‘yidagi manzarali, mevali va boshqa turdagi daraxtlar nobud qilingan. Kanaldan sal nariroqda yashovchi fuqaroning Kun.uzʼga aytishicha, bu holat bir kunda sodir bo‘lmagan, huquqbuzar vaqti-vaqti bilan tunda kelib, 2-3 tadan daraxtni kesib ketavergan.
11 fevral kuni fuqarolardan biri Kun.uzʼga murojaat yo‘lladi. Unda Toshkent shahri Chilonzor tumani Bo‘rijar kanali yoqasidagi daraxtlar kesib tashlangan. Dastlabki hisob-kitoblarga qaraganda ularning soni 30 tupdan ortiq bo‘lgan.
“Ekilgan daraxtlar hammasi mevali edi, o‘tgan-qaytgan yer edi. Kechasi kelib kesib ketishyapti. Kimligini bilmayman. Bir haftadan beri davom etyapti. Bugun archa yiqilganidan keyin chidolmadim. Keyin ekologiyaga murojaat qildim, arizani qabul qildim dedi, bu yerda kameralar bor, kimligini aniqlasa bo‘ladi. Katta oq tut, olma, o‘rik daraxtlari bor edi. Hammasini kesib, pastga olib tushirib tashlashgan, qo‘shnimda kamera bor, undan chiqmadi, ular boshqa tomondan kelgan deb aytdi. Hech kimdan so‘ragani yo‘q, bu joy davlatga tegishli”, - deydi shu yerda yashovchi Zokir Siddiqov.
Aftidan, bu hududda qurilish ishlarini amalga oshirish uchun qilingan harakatga o‘xshaydi. Hozirda mazkur holat yuzasidan Ekoinspeksiya daraxtlarni xatlovdan o‘tkazib, tabiatga yetkazilgan zararni hisoblamoqda. Shuningdek, huquqbuzarni aniqlash ishlari ham boshlangan.
Mavzuga oid

09:43 / 21.02.2025
2 tup daraxt kesgan fuqaro 223 ta ko‘chat ekib berdi

21:37 / 20.02.2025
“Cho‘llashtirish avjida” - Buxoroda 1800 dan ortiq daraxt ko‘chirilayotgani tanqidlarga sabab bo‘lmoqda

21:30 / 20.02.2025
Qurilish maydonida changni bartaraf etmagan mansabdor shaxs jazolanadi

17:25 / 20.02.2025