O‘zbekistonda kitob o‘qigan mahkumlarning jazo muddati qisqartirilishi mumkin
Qisqartirilmaydigan jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha 1 ta kitob o‘qigani va belgilangan imtihonni topshirgani uchun jazo muddati 3 kunga qisqartiriladi. Bunda yiliga ko‘pi bilan 10 ta kitob o‘qish mumkinligi belgilanishi mumkin.
O‘zbekistonda kitob o‘qigan mahkumlarning jazo muddati qisqartirilishi mumkin.
"Kazinform" xalqaro axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida mahkumlarga nisbatan axloq tuzatish ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan qonun loyihasi qizg‘in muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, muhokama etilayotgan ushbu qonun loyihasiga ko‘ra, mahkumlarning jazo o‘tash muddatini o‘zini o‘zi tarbiyalash orqali tuzalish yo‘liga o‘tganligini tasdiqlovchi harakatlarni bajarganligi munosabati bilan kamaytirish nazarda tutilmoqda.
"Mazkur qonun loyihasi bilan mahkumlarning xulq-atvorini yaxshilash, jazoni ijro etish muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy muhitni rivojlantirish maqsadida mahkumlarni kitobxonlikka jalb etish masalasi nazarda tutilgan. Xususan, qisqartirilmaydigan jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha 1 ta kitob o‘qigani va belgilangan imtihonni topshirgani uchun jazo muddati 3 kunga qisqartiriladi. Bunda yiliga ko‘pi bilan 10 ta kitob o‘qish mumkinligi belgilanyapti", – deb yozilgan maqolada.
Adabiyotlar ro‘yxati Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tasdiqlanadi.
Mavzuga oid

19:33 / 04.03.2025
Ohangaron shahar hokimi o‘rinbosari ishdan olindi. U qamoqdagi mahkumning uyini o‘zlashtirib olgani ma’lum bo‘lgandi

15:22 / 18.02.2025
Tovoqsoyda mahkum devor bosib qolishi oqibatida vafot etdi

10:29 / 06.02.2025
Adliya vazirligi “Ziyo ulash” kitob ulashish aksiyasini kengaytirmoqda

18:16 / 04.02.2025