Onlayn to‘lov tizimlari bozorida Payme ustun mavqega ega deb topildi
Raqobat qo‘mitasining buyrug‘i bilan, "Payme" AJ ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb e’tirof etildi.

Foto: Payme
Kompaniya tomonidan onlayn to‘lov tizimlari bozorida ustun mavqega erishgani to‘g‘risida taqdim etilgan xabarnomasi bunga asos bo‘ldi, ma’lum qildi Raqobat qo‘mitasi.
O‘zbekistonda raqamli platforma operatorining ustun mavqeyini va ustun muzokara kuchini e’tirof etish tartibi o‘tgan yili tasdiqlangan.
Unga ko‘ra, quyidagi shartlarning biriga rioya qilinganda hamda bevosita va bilvosita tarmoq samarasi mavjud bo‘lganda raqamli platforma operatori ustun mavqega ega deb e’tirof etiladi:
— so‘nggi kalendar yildagi tushumi BHMning 100 ming baravari (37,5 mlrd so‘m)ga teng yoki undan yuqori bo‘lsa;
— faol yakuniy foydalanuvchilarining umumiy o‘rtacha soni har oyda kamida 50 mingni yoki faol tadbirkor foydalanuvchilarning o‘rtacha soni har oyda kamida 3 mingni tashkil etsa.
Ustun mavqega ega deb topilgan sub’yektlarga nisbatan ustun mavqeyini suiiste’mol qilish deb malakalanadigan 20 ga yaqin taqiqlar joriy etiladi.
- Payme to‘lov tizimi Gruziyaning TBC guruhi tarkibiga kiradi. 2024 yilning 9 oyida kompaniya tushumlari 341,6 mlrd so‘m (2023 yilning mos davriga nisbatan 38,1 foizga ko‘p), sof foydasi 186,94 mlrd so‘m (o‘sish 22 foiz)ni tashkil etgan.
- Raqobat qo‘mitasi avvalroq YandexGo, Yandex Eats va Express 24 servislari ham bozorda ustun mavqega ega deb topgandi.
Mavzuga oid

14:01 / 06.03.2025
WizzAir O‘zbekistonga amalga oshiradigan reyslarida o‘zbek tilida ham xizmat ko‘rsatadi

17:32 / 04.03.2025
Eksklyuziv huquq berilgan sub’yektlar ro‘yxati ochiqlanadi

13:37 / 03.03.2025
Baraka market tarmog‘i Pepsi egaligiga o‘tadi

17:23 / 24.02.2025