Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eksklyuziv huquq berilgan sub’yektlar ro‘yxati ochiqlanadi
Raqobat qo‘mitasi 2025 yil 1 aprelga qadar eksklyuziv huquq berilgan sub’yektlar ro‘yxatini ochiqlashi va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilishi kerak.

iStock by Getty Images
“Iqtisodiyotda raqobatni rivojlantirish va xususiy sektorning rolini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonda keltirilishicha, Raqobat qo‘mitasi 2025 yil 1 aprelga qadar bo‘lgan muddatda eksklyuziv huquq berilgan sub’yektlar ro‘yxatini ochiqlashi va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Raqobat qo‘mitasi 2023 yil 1 oktyabrdan e’tiboran eksklyuziv huquqlar berilgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning reyestrini yurita boshlagan. Bu reyestr tashkil etilganidan buyon yopiq qolmoqda. Raqobat qo‘mitasi 2024 yil yanvarida Kun.uz savoliga javoban reyestrni ochiq e’lon qilish bo‘yicha prezident administratsiyasiga taklif kiritilganini ma’lum qilgandi.
Yuqoridagi farmon bilan, shuningdek, eksklyuziv huquq xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga qonunlar va prezident farmon va qarorlari bilan 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga, faqat quyidagi maqsadlar uchun berilishi belgilandi:
- konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, O‘zbekiston mudofaa qobiliyatini, davlat va jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash;
- tabiiy ofatlar, halokatlar va epidemiyalarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish.
2025 yil 1 apreldan quyidagi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha eksklyuziv huquqlari bekor qilinadi:
- “O‘zbekekspertiza” AJ va uning hududiy bo‘linmalarining xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkka sertifikat berish bo‘yicha;
- “O‘zInjiniring” loyiha institutining investitsiya loyihalarining loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha;
- “Milliy PR-markazi” DUKning O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan xorijiy kompaniyalarning prodyuserlik va reklama xizmatlarini, xorijiy teleradiokompaniyalar va boshqa ommaviy axborot vositalarining reklamalari, reportajlari va boshqa roliklarini tayyorlash va translatsiya qilish bo‘yicha;
- Sag agro MTP MChJning yong‘oq ishlab chiqaruvchilarga agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha mexanizatsiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha;
- “O‘zbekiston standartlar instituti” davlat muassasasining milliy standartlarni shartnoma asosida boshqa tillarga tarjima qilish bo‘yicha.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

15:34 / 04.07.2025
Tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qo‘llash tartibi tasdiqlandi

16:07 / 03.07.2025
Raqobat qo‘mitasi Kia Sonet reklamasidagi qonunbuzilish sabab Roodell'ni jarimaga tortdi

14:32 / 30.06.2025
Temiryo‘l chiptasi bo‘yicha qariyb 800 ming yo‘lovchidan undirilgan ortiqcha haq qaytariladi

11:27 / 27.06.2025