Jamiyat | 23:54 / 27.01.2025
8878
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda tikuvchilik korxonasi omborida yong‘in chiqdi - video

FVB holat yuzasidan birlamchi ma’lumot berdi. Hodisa joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgan. Hozirda yong‘in qurshab olingan va uni o‘chirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Foto: Videodan kadr

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Uchtepa tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida birlamchi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 27 yanvar kuni soat 21:33 da Uchtepa tumani Taqachi MFY Taqachi ko‘chasida joylashgan (18-sonli avtobus saroyi yaqinida) tikuvchilik korxonasining omborida yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Yong‘in qutqaruv ekipajlari etilgan manzilga soat 21:40 da yetib borgan va yong‘in soat 22:03 da qurshab olingan, ayni vaqtda yong‘inni o‘chirish ishlari bajarilmoqda.

«Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, voqea joyiga Toshkent shahar FVB rahbariyati hamda mas’ul tashkilotlarning vakillari chiqqan.

 

Mavzuga oid