O‘zbekiston | 12:24 / 26.01.2025
4154
1 daqiqa o‘qiladi

​​​​​​​2024 yilda Toshkent metrosida qancha yo‘lovchi tashilgani ma’lum qilindi

2021 yil bilan taqqoslaganda yo‘lovchi tashish hajmi qariyb 3 baravar oshgan.

Foto: Kun.uz

Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-dekabr oylarida Toshkent metropolitenida jami 270,3 mln nafar yo‘lovchi tashilgan.

Ushbu ko‘rsatkich 2023 yilga nisbatan 98,3 mln nafar yo‘lovchiga yoki 57,2 foizga o‘sgan.

Ushbu ko‘rsatkich yillar kesimida quyidagicha:

2020 yil – 38,8 mln nafar;

2021 yil – 101,8 mln nafar;

2022 yil – 136,7 mln nafar;

2023 yil – 172 mln nafar;

2024 yil – 270,3 mln nafar.

Mavzuga oid