Toshkent metrosiga yana 3 ta yangi poyezd olib kelindi

O‘zbekiston 19:37 / 04.02.2025 2415

Bugun, 4 fevral kuni Toshkent metropoliteni vagon parkiga yana yangi 3 ta zamonaviy metro poyezdlari olib kelindi.

Poytaxt metropolitenining ma’lum qilishicha, ushbu harakat tarkiblari belgilangan yo‘riqnomaga asosan 7-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra xizmat ko‘rsatish uchun yo‘nalishlarga chiqariladi.

Shuningdek, joriy yilning fevral oyi davomida yana shu turdagi 3 ta metro poyezdlari olib kelinishi rejalashtirilgan.

«Bu rejaviy ishlar natijasida, metro vagon parklarini yangilash va belgilangan vaqt intervallarini yanada qisqartishga erishish maqsad qilingan», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Metropoliten 2024 yil 31 dekabrda ham 3 ta «Metrovagonmash» (Rossiya) zavodida ishlab chiqarilgan poyezd olganini e’lon qilgandi. Yanvar boshlarida ham yangi to‘rt vagonli 3 ta metro poyezdlari olib kelingani ma’lum bo‘lgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: