2,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan zapravka aniqlandi
Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumanidagi gaz to‘ldirish shoxobchasi elektron hisoblagichga tashqi ta’sir o‘tkazib, 2,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi.
Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumanida energiya resurslarini o‘g‘irlagan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi aniqlandi.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qorao‘zak tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda Q.M. MChJ mas’ul shaxslari va boshqalar ko‘lga olingan.
Ular MChJning avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasiga o‘rnatilgan elektron gaz hisoblagich uskunasiga tashqi ta’sir ko‘rsatgan. Jami 1,1 million kub metr tabiiy gazdan qonunga xilof ravishda foydalanish oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 2,8 milliard so‘m zarar yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

08:57 / 24.02.2025
616 mln so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalangan ovqatlanish shoxobchasi aniqlandi

14:14 / 22.02.2025
Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona 1,6 mlrd so‘mlik zarar keltirdi

10:51 / 22.02.2025
270 mln so‘mdan ziyod gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

10:10 / 22.02.2025