Jamiyat | 08:11 / 22.01.2025
7845
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent xalqaro aeroporti avtoturargohida avtomobil yonib ketdi

Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Foto: FVB

Sergeli tumanida avtomobilda yong‘in sodir bo‘ldi.

22 yanvar kuni soat 02:10 da Toshkent shahar Sergeli tumani, Qumariq ko‘chasida joylashgan Toshkent xalqaro aeroporti avtoturargohida avtomobil yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 02:16 da yetib borib, yong‘in soat 02:21 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mavzuga oid