eBay O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
Amerikaning eBay kompaniyasi O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.

Foto: Shutterstock/Burdun Iliya
Endi kompaniya qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) to‘laydi.
eBay’dan tashqari Netflix, Amazon, Google, Apple, Zoom va boshqa yirik kompaniyalar ham maxsus soliq idorasida ro‘yxatdan o‘tgan.
Bugungi kunda O‘zbekistonda 64 ta xorijiy kompaniya qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) to‘laydi.
2024 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 61 ta xorijiy kompaniya mamlakat budjetiga 101,9 milliard so‘m soliq to‘lagan.
To‘langan soliqlarning 99,9 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid

16:46 / 20.01.2025
Britaniyada soliqlar sabab rekord darajada ko‘p millionerlar mamlakatni tark etmoqda - The Times

09:30 / 16.01.2025
2024 yilda o‘zini o‘zi band qilganlar soni 76,5 foizga ko‘paydi

17:17 / 15.01.2025
Eng ko‘p soliq to‘lagan davlat va xususiy kompaniyalar o‘ntaligi ma’lum qilindi

08:55 / 19.05.2023