Eng ko‘p soliq to‘lagan davlat va xususiy kompaniyalar o‘ntaligi ma’lum qilindi
Soliq qo‘mitasi 2024 yilda O‘zbekistonning eng yirik 10 ta davlat va xususiy sektordagi soliq to‘lovchilarini ma’lum qildi. Davlat korxonalari orasida NKMK, OKMK va «Navoiyuran», xususiy sektor orasida esa UzBAT va Tashkent Tabacco yetakchilik qilgan.

Soliq qo‘mitasi 2024 yilda eng ko‘p soliq to‘lagan top-10 davlat korxonalari va xususiy kompaniyalar ro‘yxatini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yilda 949 ta yirik soliq to‘lovchi tomonidan 123,3 trln so‘m soliq tushumlari amalga oshirilgan.
Davlat korxonalari orasida soliq tushumlari miqdori bo‘yicha Navoiy kon metallurgiya kombinati yetakchilik qilmoqda. Hisobot davrida NKMK tomonidan 35,4 trln so‘mdan ko‘proq soliq to‘langan. Keyingi o‘rinlarni Olmaliq kon metallurgiya kombinati (10,8 trln so‘m) va «Navoiyuran» DK (4,6 trln so‘m) egallagan.
Xususiy sektordagi top-10 yirik soliq to‘lovchilar tomonidan yil davomida qariyb 8,7 trln so‘m soliq to‘langan. Mazkur reytingda UzBAT AJ 2,9 trln so‘m soliq tushumlarini amalga oshirgan holda eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan. Undan keyingi o‘rinda Tashkent Tabacco MChJ (1 trln so‘m) joylashgan.
Mavzuga oid

16:31 / 24.02.2025
Xitoyda kompaniya bo‘ydoq xodimlarni ishdan bo‘shatish bilan tahdid qildi

13:26 / 18.02.2025
Xitoy O‘zbekistondagi xorijiy kompaniyalar soni bo‘yicha yetakchiga aylandi

10:28 / 21.01.2025
eBay O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

16:46 / 20.01.2025