Yamandagi husiychilar 200 mlrd dollarlik iqtisodiy zarar keltirdi
Husiychilar hujumi tufayli dengiz orqali yuk tashish narxi besh baravar oshdi, deb yozadi The Economist. AQSh Qizil dengizdagi kemalarni himoya qilish uchun besh milliard dollar sarfladi.

Foto: AP
Yaman husiychilarining o‘tgan yili jahon savdosiga yetkazgan zarari deyarli 200 milliard dollarni tashkil qildi. Dengiz orqali yuk tashish narxi besh baravarga oshdi, deya xabar berdi Londonda chop etiladigan The Economist nashri 18 yanvar, shanba kuni.
Misr eng ko‘p to‘g‘ridan to‘g‘ri zarar ko‘rdi, Suvaysh kanalidan tushgan daromadning 7 milliard dollarini yo‘qotdi - odatdagi daromadning uchdan bir qismini. AQSh Qizil dengizdagi kemalarni himoya qilish uchun besh milliard dollar sarfladi.
Dengiz yo‘nalishlarining o‘zgarishi
2024 yil davomida husiychilar kemalarni Afrikani aylanib o‘tishga majbur qildi. Osiyodan yo‘nalishlar taxminan olti ming kilometrga uzaytirildi, sayohat vaqti esa 10-14 kunga ko‘paydi. AQSh razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, yuqori tezlikda uzoqroq safarlar yonilg‘i sarfini oshirib, har bir reys narxiga taxminan 1 million dollar qo‘shadi. The Economist manbalariga ko‘ra, Qizil dengiz orqali tashish uchun sug‘urta tariflari 20 baravar oshdi.
Xitoy va Rossiya esa husiychilar o‘z kemalariga hujum qilmagani uchun foyda ko‘rdi. Hozirgi vaqtda Suvaysh kanali orqali o‘tayotgan neftning katta qismi Rossiyaga tegishli. Yuk tashish kompaniyalarining foydasi ham oshdi. Umuman olganda, ta’minot zanjirlari Qizil dengizning kutilmagan de-fakto blokadasi qarshisida mustahkamlik ko‘rsatdi, deya qayd etadi nashr.
G‘azo sektorida Isroil va Falastinning Hamas guruhi o‘rtasida urush boshlanganidan beri husiychilar Isroildagi nishonlarga, shuningdek, Qizil dengizdagi harbiy kemalar va savdo kemalariga muntazam hujum qilib kelmoqda.
Mavzuga oid

19:32 / 23.01.2025
Tramp husiychilarni «terrorchi tashkilotlar» ro‘yxatiga qaytardi

15:32 / 23.01.2025
Husiychilar 2023 yilda qo‘lga olingan kema ekipajini ozod qildi

17:31 / 07.01.2025
AQSh Guantanamodagi 11 nafar mahbusni ozod etdi

15:59 / 01.01.2025