Burj Xalifa O‘zbekiston bayrog‘i ranglariga burkandi
Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi sharafiga dunyoning eng baland binosida O‘zbekiston bayrog‘i tasvirlandi.
Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi sharafiga Dubaydagi dunyoning eng baland binosi – Burj Xalifa O‘zbekiston bayrog‘i ranglariga burkandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.
O‘zbekiston prezidenti Abu-Dabi shahrida BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan samarali muzokaralar hamda ushbu mamlakatning yetakchi davlat tashkilotlari, kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlar to‘plami, shu jumladan, Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risida deklaratsiya qabul qilindi.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda ham Shavkat Mirziyoyevning BAAga tashrifi sharafiga Burj Al-Xalifa hamda boshqa diqqatga sazovor obektlar O‘zbekiston bayrog‘i ranglariga burkangan edi.
Mavzuga oid

16:33 / 24.02.2025
Dubay valiahd shahzodasi dunyodagi eng baland binodan parashyutda sakradi

18:10 / 03.02.2025
Reuters: Putin va Tramp Saudiya Arabistoni yoki BAAda uchrashishi mumkin

09:28 / 28.01.2025
O‘zbekiston va BAA nodir metallarni qidirishda hamkorlikni jadallashtiradi

07:30 / 16.01.2025