Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va BAA nodir metallarni qidirishda hamkorlikni jadallashtiradi
Qozog‘istonning "Kursiv" nashri O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi chog‘ida BAA investitsiyalar vaziri, ADQ holdingi bosh ijrochi direktori Muhammad Hasan al-Suvaydiy boshchiligidagi ushbu mamlakat yetakchi kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazgani haqidagi maqolani tarqatdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar innovatsion texnologiyalarni joriy etish, nodir metallar konlarini o‘zlashtirish, mintaqaviy temiryo‘llarni rivojlantirish, "quruq" portlar barpo etish, kabel mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalarini jadallashtirish, shuningdek, ta’lim va tibbiyot sohalarida davlat xususiy sheriklik asosidagi loyihalarni ilgari surish yuzasidan kelishuvga erishdi.
Qayd etilishicha, har bir kompaniya bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq qadamlar belgilandi. Shuningdek, infratuzilmani rivojlantirish, shaharsozlik, energetika, transport va logistika, tog‘-kon sanoati, elektrotexnika, kommunal xo‘jaligi va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalar rejalashtirildi.
"Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni qabul qilish bo‘yicha kelishib oldilar", – deb yozgan "Kursiv".
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

20:03 / 07.07.2025
Saida Mirziyoyeva Zoyid nomidagi xalqaro mukofotning hakamlar hay’atiga kiritildi

22:12 / 25.06.2025
Qidiruvda bo‘lgan 12 nafar o‘zbekistonlik BAAdan ekstraditsiya qilindi

21:38 / 16.06.2025
Dubayda aprel oyidagi janjal oqibatida ikki o‘zbekistonlik vafot etgani ma’lum bo‘ldi

11:54 / 14.06.2025