Chirchiqda 4 yoshli qizining o‘limida gumonlanayotgan ayol qamoqqa olindi
Avvalroq 2020 yilda tug‘ilgan qiz tanasidagi turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan, holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgan edi.

Foto: Videodan kadr
Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida 4 yoshli qizini urib, o‘limiga sabab bo‘lgan tan jarohati yetkazganlikda gumonlanayotgan ona qamoqqa olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot kotibi Bobur To‘laganov xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 1977 yilda tug‘ilgan ayolga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
2024 yil 23 dekabr kuni Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tuman tibbiyot birlashmasiga 2020 yilda tug‘ilgan qiz tanasidagi turli jarohatlar bilan qabul qilingani haqida xabar berildi.
Tergovga qadar tekshiruvda 1977 yilda tug‘ilgan ayol 4 yoshli qizini qattiq kaltaklab, tan jarohati yetkazgani aniqlangan. Xususan, tibbiyot xulosasiga ko‘ra, bolada bosh miya yopiq jarohati, bosh miya lat yeyishi og‘ir darajasi va bosh sohasidagi boshqa og‘ir jarohatlar qayd etilgan.
27 dekabr kuni holat yuzasidan Toshkent viloyati Chirchiq shahar IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi 7-qismi «b» bandi (Oilaviy maishiy zo‘ravonlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Qiz 7 yanvar kuni vafot etdi.
Tergov vaqtida jinoyat natijasidagi oqibat o‘zgargani, ya’ni jabrlanuvchining o‘limi jinoyatga huquqiy baho berish jarayoniga ta’sir qilgan — ayblov og‘irroq jazoni ko‘zda tutuvchi qismga qayta malakalangan.
Mavzuga oid

16:33 / 06.03.2025
Biz har bir bola bog‘chada o‘zini erkin, xavfsiz va quvnoq his qilishini xohlaymiz - Hilola Umarova

17:01 / 03.03.2025
“O‘lib qutulayotgan” ayollar: jazodan qo‘rqmayotgan zo‘ravonlar va xorij tajribasi asosida ularni erta aniqlash yechimi

08:51 / 22.02.2025
Oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxsning talabiga ko‘ra sud tomonidan yarashish uchun muhlat tayinlanmaydi

14:12 / 13.02.2025