AQSh dollari ilk marta 13 000 so‘mgacha qimmatlashdi
6 yanvar kuni O‘zbekistondagi ayrim tijorat banklarida dollarning sotish kursi ilk marta 13 000 so‘mga yetdi.

Foto: Kun.uz
Haftaning ilk kunida Hamkorbank, Infinbank, OFB va Tengebank 1 AQSh dollarini 13 000 so‘mdan, KDB bank esa 13 005 so‘mdan sotmoqda.
Aloqabank, Anorbank va Xalq banki Amerika valutasini eng arzon – 12 945 so‘mdan taklif qilyapti.
Xarid kursi esa aksariyat banklarda 12 880 – 12 910 so‘m oralig‘ida. Faqat Asakabank kassalarida Amerika valutasi uchun 12 940 so‘mdan to‘lanmoqda.
6 yanvar kuni uchun Markaziy bank belgilagan rasmiy kurs – 12 942,01 so‘m.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbek so‘mi dollarga nisbatan 2022 yilda 3,9 foizga, 2023 yilda 9,7 foizga, 2024 yilda 4,5 foizga qadrsizlangan edi.
2025 yilgi davlat budjeti parametrlarida dollar kursi yillik o‘rtacha 13 250 so‘mdan hisoblangan. S&P xalqaro reyting agentligi esa, 2025 yilning oxiriga borib kurs 13 650 so‘m bo‘lishini prognoz qilgan.
Mavzuga oid

16:55 / 20.02.2025
O‘zbekiston 2025 yilda 43 mlrd dollar investitsiya jalb qilishni rejalashtirmoqda

20:50 / 26.01.2025
AQSh dollarning ba’zi banknotlari dizaynini o‘zgartiradi

11:05 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?

16:24 / 28.12.2024