O‘zbekiston 2025 yilda 43 mlrd dollar investitsiya jalb qilishni rejalashtirmoqda
Hindistonda chop etiladigan Business Central Asia oylik jurnalining yanvar sonida O‘zbekistonga bag‘ishlangan turkum materiallar e’lon qilindi.

Foto: Shutterstock
"O‘zbekiston 2025 yilda 43 milliard AQSh dollar sarmoya jalb qilishni rejalashtirmoqda" sarlavhali maqolada 2024 yildagi investitsiyaviy faoliyat yakunlari va prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2025 yil uchun belgilab berilgan dolzarb vazifalar haqida so‘z yuritilgan.
"2017 yildan buyon mamlakat iqtisodiyotiga 188 milliard AQSh dollari investitsiya kiritilgan. Shundan 87 milliard AQSh dollari chetdan jalb qilingan. Natijada investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 30 foizdan oshib, barqaror iqtisodiy o‘sishga zamin bo‘lmoqda", – deb ta’kidlangan maqolada.
Hind jurnalisti O‘zbekistonda 2024 yil iqtisodiyotga kiritilgan investitsiyalar hajmi 1,3 baravar ko‘payib, 36 milliard AQSh dollaridan oshganiga e’tibor qaratgan. Natijada yil davomida 560 ta yirik va o‘rta loyiha ishga tushirilgan. 2025 yilda eksportni yana 1 milliard AQSh dollariga oshirish imkoniyati yaratilgan.
"O‘zbekiston 2025 yilda 43 milliard AQSh dollarlik investitsiya hajmini o‘zlashtirishni rejalashtirmoqda. Bu orqali 300 dan ortiq yirik loyiha bajarilishi, import o‘rnini bosuvchi 662 ta yangi mahsulot ishlab chiqarilishi kutilmoqda", – deb qayd etadi Business Central Asia.
Nashr, shuningdek, O‘zbekiston 2030 yilga borib yillik eksport hajmini ikki baravar oshirib, uning miqdorini 45 milliard AQSh dollariga yetkazishdek muhim strategik maqsadni ko‘zlayotgani haqida yozgan.
Mavzuga oid

19:13 / 07.03.2025
Toshkent va Samarqandda noyob minerallar texnoparki tashkil etilishi mumkin

16:39 / 06.03.2025
Maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatish muddatiga oid cheklovlar bekor qilinadi

19:03 / 04.03.2025
Prezident bahorda tomorqa va ijara yerlarda to‘liq ekin ekish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

13:26 / 20.02.2025