Toshkentdagi uylarning birida yong‘in kelib chiqdi
Toshkent shahar, Yashnobod tumani, “Bunyodkor” MFY, Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi.

Foto: FVB
Bu haqdagi xabar 24 noyabr kuni soat 16:03 da Toshkent shahar FVBga kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 16:08 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 16:12 da qurshab olindi va soat 16:28 da yong‘in o‘chirildi.
Yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Mavzuga oid

13:34
Yunusoboddagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

23:42 / 19.03.2025
Andijonda «Zil» yuk mashinasi yonib ketdi

13:02 / 19.03.2025
Abu-Saxiy bozorida yong‘in chiqqani rad qilindi

15:37 / 16.03.2025