Navoiy ko‘chasida Lacetti yonib ketdi
Bugun soat 08:40 larda Shayxontohur tumani Alisher Navoiy ko‘chasi 2-uy qarshisida Lacetti rusumli transport vositasida yong‘in kelib chiqqan.

Toshkent shahar Shayxontohur tumanida Lacetti rusumli transport vositasi yonib ketdi.
2024 yilning 12 noyabr kuni soat 08:40 larda Shayxontohur tumani Alisher Navoiy ko‘chasi 2-uy qarshisida Lacetti rusumli transport vositasida yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohat olganlar bo‘lmagan.
Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Mavzuga oid

05:29
Qashqadaryodagi zapravkada ikkita sisterna yonib ketdi. Jarohat olganlar bor

10:23 / 10.03.2025
Toshkentdagi savdo majmualarining birida yong‘in sodir bo‘ldi

21:23 / 09.03.2025
Nyu-Yorkda yong‘inlar sabab favqulodda holat rejimi e’lon qilindi

18:55 / 01.03.2025