Senat raisi YeXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashdi
Xalqaro standartlar asosida qonunlar qabul qilinayotgani va izchillik bilan amalga oshirilayotgani yuqori baholanib, mazkur yo‘nalishdagi taklif va tavsiyalar muhokama qilindi.

Foto: Senat axborot xizmati
Senat raisi Tanzila Norboyeva YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi missiyasi rahbari Duglas Ueyk boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat avvalida mamlakat qonunchiligida amalga oshirilayotgan islohotlarga urg‘u berilib, unda inson huquqlarini ta’minlash tamoyili bosh mezon sifatida belgilab olingani e’tirof etildi.
Siyosiy jarayonlarda xotin-qizlarning faolligi oshgani hamda imkoniyati cheklangan shaxslarning manfaatlarini himoya qiluvchi huquqiy me’yorlar joriy etilgani qayd etildi.
Xalqaro standartlar asosida qonunlar qabul qilinayotgani va izchillik bilan amalga oshirilayotgani yuqori baholanib, mazkur yo‘nalishdagi taklif va tavsiyalar muhokama qilindi.
Mavzuga oid

07:25 / 13.02.2025
Tanzila Norboyeva Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

15:01 / 23.01.2025
“Iqtisodiyotni iqlim o‘zgarishiga moslashtirish zarur” - Senat raisi

09:21 / 18.01.2025
YeXHT Belarusdagi saylovlarni kuzatishdan bosh tortdi

23:51 / 16.01.2025