Ikkinchi tinchlik sammiti urushga chek qo‘yishi kerak - Zelenskiy
Ukraina prezidenti Yevropada hamma tinchlikdan manfaatdor ekanini qayd etdi.

Foto: UNIAN
Yil oxirigacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan ikkinchi tinchlik sammiti Rossiya tomonidan boshlangan urushga chek qo‘yishi kerak. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyevdagi matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
«Bu yilgi ikkinchi tinchlik sammitini tashkil qilish uchun biz Ukrainani iloji boricha kuchaytirishimiz kerak, bu esa urushga nuqta qo‘yishi mumkin», deb ta’kidladi Zelenskiy.
Ukraina prezidenti Yevropada hamma tinchlikdan manfaatdor ekanini qayd etdi.
«Tinchlik — bu urushni muzlatish emas, xalqaro huquqni manipulyatsiya qilish emas», dedi prezident.
U tinchlik ishonchli bo‘lishi kerak deb hisoblaydi va uning fikricha, bu tinchlik shunday bo‘ladi.
15-16 iyun kunlari Shveytsariyaning Byurgenstok shahrida Ukrainadagi urushni hal qilish masalasi bo‘yicha birinchi «tinchlik sammiti» bo‘lib o‘tdi, unda 91 davlat va 8 xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etdi. Rossiya rasmiylari sammitga taklif qilinmadi, taklif qilingan taqdirda ham ishtirok etmasligini avvaldan ma’lum qilgan edi.
Ikkinchi tinchlik sammitini noyabrda o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Unga Rossiya taklif qilinishi mumkin.
Mavzuga oid

23:07 / 18.03.2025
Putin Ukraina energetika obektlariga 30 kun zarba bermaslikni qo‘llab-quvvatladi va «harbiylarga tegishli buyruq berdi»

22:02 / 18.03.2025
Xitoy urushdan keyin Ukrainani tiklashga yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi

20:53 / 18.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»

19:08 / 18.03.2025