Xitoy urushdan keyin Ukrainani tiklashga yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi
Xitoy allaqachon Ukrainaga to‘rtta gumanitar yordamni yetkazib bergan va buni davom ettirishi mumkin.

Foto: Reuters
Xitoy Ukrainaga urushdan keyingi mamlakatni qayta tiklashda yordam berishga, shuningdek, boshqa yordam ko‘rsatishni davom ettirishga tayyor. Bu haqda Xalqaro hamkorlik agentligi vakili Li Min bayonot berdi.
«Biz manfaatdor tomonlarning xohish-istaklariga muvofiq o‘z imkoniyatlarimiz doirasida yordam ko‘rsatishni davom ettirishga tayyormiz, bu, albatta, urushdan keyingi rekonstruksiyani ham o‘z ichiga oladi», deb uning so‘zlarini keltirdi China Daily.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy allaqachon Ukrainaga to‘rtta gumanitar yordamni yetkazib bergan. Li Min shuningdek, Pekin «dunyo tinchligi va barqarorligi uchun ijobiy kuch va global adolat uchun ilg‘or kuch» bo‘lib qolishda davom etishini aytdi.
Xitoy Rossiya bilan Ukraina urushida rasman hech bir taraf yonini olmadi. Rasmiy Pekin Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushini «Ukraina inqirozi» deb atashda davom etmoqda.
Saudiya Arabistonidagi AQSh-Ukraina muzokaralari arafasida Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Ning Pekin Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini siyosiy jihatdan tartibga solish uchun xalqaro hamjamiyat bilan ishlashga tayyorligini aytgan edi.
Mavzuga oid

22:06 / 20.03.2025
Britaniya razvedkasi: Rossiya armiyasining Ukrainadagi yo‘qotishlari 900 ming kishiga yetdi

21:54 / 20.03.2025
Yevroittifoq Rossiya aktivlarini musodara qilish muhokamasini to‘xtatdi

20:30 / 20.03.2025
Kreml: Rossiya va AQSh 24 mart kuni g‘alla bitimini tiklash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi

20:27 / 20.03.2025