Zomin qo‘riqxonasidagi fotoqopqonga Turkiston silovsini muhrlandi
Hozirgi kunda Zomin davlat qo‘riqxonasida 17-19 ta Turkiston silovsini borligi ma’lum qilindi.

Foto: Ekologiya vazirligi
Zomin davlat qo‘riqxonasida o‘rnatilgan fotoqopqon Turkiston silovsinini muhrladi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Turkiston silovsini oddiy silovsinning kenja turi bo‘lib, kelib chiqishi O‘rta Osiyoga borib taqaladi. G‘arbda Markaziy Osiyoda, Janubda esa Osiyodan Xitoy va Mo‘g‘ulistongacha keng tarqalgan mushuklar oilasining yirtqich vakilidir.
O‘rta Osiyoda Turkiston silovsini asosan ochiq o‘rmonlar va dashtlarda yashaydi, shuningdek, O‘rta Osiyoning cho‘l mintaqalaridagi toshli adirlar va tog‘larda ham uchrashi mumkin. Asosan quyonlar bilan oziqlanadi va bu yirtqich mushuklar 17 yilgacha umr ko‘radi. O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Turkiston silovsini hozirgi kundagi soni Zomin davlat qo‘riqxonasida 17-19 tani tashkil qiladi.
Mavzuga oid

12:09 / 08.03.2025
Zominda yuk mashinasi yonib ketdi

10:10 / 27.12.2024
Zomin aeroporti 27 dekabrdan reyslarni qabul qilishni davom ettiradi

18:24 / 25.12.2024
Zomin aeroporti faoliyati vaqtincha to‘xtatib turilgani ma’lum qilindi

07:26 / 23.08.2024