Qariyb 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan shaxs ushlandi
Jizzax viloyati Zomin tumanidagi dehqon xo‘jaligi elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura
“S.R.” fermer xo‘jaligi rahbari X.N. xo‘jalikka tegishli yer maydonlarini sug‘orishga mo‘ljallangan suv nasosini tarmoqqa o‘rnatilgan hisobga olish uskunasini ulanish sxemalarini o‘zgartirish yo‘li bilan tashqi ta’sir ko‘rsatib, ulab olgan.
Buning natijasida jami 1 milliard 395 million so‘mlik 622,6 ming kVt soat elektr energiyasini o‘g‘irlagan.
Mazkur holat yuzasidan “S.R.” fermer xo‘jaligi rahbari X.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Mavzuga oid

12:09 / 08.03.2025
Zominda yuk mashinasi yonib ketdi

09:40 / 06.03.2025
2,1 mlrd so‘mlik elektrdan o‘g‘rincha foydalangan korxona fosh etildi

14:05 / 05.03.2025
Toshkent va Andijonda 1 mlrd so‘mlik elektrdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

09:02 / 05.03.2025