Toshkentda go‘daklarini tanishiga tashlab, dom-daraksiz ketgan ayol aniqlandi
Ayol bilan aloqa o‘rnatilib, qaramog‘ida bo‘lgan kichik yoshdagi farzandlariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmagani holatiga huquqiy baho berish jarayoni ketmoqda.

Foto: Bolalar ombudsmani
Toshkent shahrida ayol go‘daklarini tanishiga tashlab, dom-daraksiz ketgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Toshkent shahri, Olmazor tumanida yashovchi ayol Bolalar ombudsmaniga murojaat etib, ijtimoiy tarmoq orqali tanishgan boshqa bir ayol o‘zining 2 nafar go‘dak bolasini tashlab ketib, 45 kundan beri dom-daraksiz yo‘q ekanini bildirgan. Ta’kidlanishicha, shu muddat ichida ona biror marta bolalaridan xabar olmagan.
Bolalar ombudsmanining ma’lum qilishicha, hozir go‘daklar (biri 2022 yilda, boshqasi 2024 yilda tug‘ilgan) Bolalar uyiga vaqtincha joylashtirilgan.
Holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Bolalarning onasi bilan aloqa o‘rnatilib, qaramog‘ida bo‘lgan kichik yoshdagi farzandlariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmagani holatiga huquqiy baho berish jarayoni ketmoqda.
Mavzuga oid

17:03 / 11.02.2025
Toshkentda begona bola bilan muloqot qilishga uringan ruhiy xasta ayol ushlandi

18:06 / 29.01.2025
Toshkent viloyatida qaynona-kelin janjali sabab chaqaloq a’zolari kuydi

21:11 / 09.01.2025
Chirchiqda 4 yoshli qizining o‘limida gumonlanayotgan ayol qamoqqa olindi

11:00 / 03.01.2025