Jamiyat | 18:06 / 29.01.2025
4738
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida qaynona-kelin janjali sabab chaqaloq a’zolari kuydi

Bolaga zarur tibbiy muolajalar ko‘rsatilgani ta’kidlanmoqda.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent viloyatida qaynona-kelin janjali chaqaloq a’zolarining kuyishi bilan tugadi. Bu haqda Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi.

Qayd qilinishicha, 27 yanvar kuni Toshkent viloyati, Toshkent tumanida istiqomat qiluvchi X.M. (1999 yilda tug‘ilgan ayol) qaynonasi M.X (1966 yilda tug‘ilgan) bilan janjallashgan. Shunda ayol keliniga qarata ichida issiq suv bo‘lgan termosni otgan, oqibatda ona qo‘lida bo‘lgan 23 kunlik chaqaloqning oyoq va qo‘l qismi kuygan. Bolaga zarur tibbiy muolajalar ko‘rsatilgani ta’kidlanmoqda.

Toshkent tumani IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Shuningdek, nizo davom etishining oldini olish maqsadida kelinga bir oy muddatga himoya orderi taqdim etilib, qo‘yilgan cheklovlar oila a’zolariga tushuntirilgan.

Mavzuga oid