Buxoroda 12 yoshli qiz homilador bo‘lib qolgani aniqlandi

O‘zbekiston 11:01 / 03.01.2025 52238

Buxoro viloyatida 12 yoshli qiz homilador bo‘lgan. Bu haqida Kun.uz manbasi xabar bermoqda. U shahar perinatal markaziga olib borilgan. Manbaga ko‘ra, qizning homilasi 4 oylik.

Bolalar ombudsmani holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilyotgani, qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qildi Kun.uz muxbiriga.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda Samarqandda 13 yoshli maktab o‘quvchisi 25 haftalik homilador ekani aniqlangandi. Qizning nomusiga tegib kelgan va uning homilador bo‘lishiga sabab bo‘lgan erkak 12 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini olgandi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2023 yil o‘tkazgan matbuot anjumanida yilning dastlabki 6 oyi davomida 6 nafar maktab o‘quvchisida erta homiladorlik aniqlanganini ma’lum qilgandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: